Ma’lumot

Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

“Yoshlar” ning ko‘p kvartirali uylariga nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

MUNDARIJASI:

1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashi raisi nomiga ariza;

2. 3x4 sm o‘lchamdagi 4 dona fotosurat va nomzodning so‘rovnomasi;

3. Nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi, birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

4. Oilaning tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va oila a’zolarining pasportlari (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar) nusxalari;

5. Yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yosh oilaning turar sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) 5-bandida nazarda tutilgan shartlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

6. Ish beruvchining muxri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasi nusxasi;

7. Nomzodning (oila a’zolarining) doimiy ish joyidan berilgan oxirgi 12 oy davomidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar yoki ularning yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan nomzodning (oila a’zolari – er va xotinning) oxirgi 12 oy davomidagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning nusxalari;

8. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan, nomzodlar nomida (er-xotinda) mulk huquqi asosida so‘ngi 1 (bir) yil davomida turar joy mavjud bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

9. Yosh oila Nizomning 4-bandi talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar. (Kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqiga turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida hisobda turgan hamda fan, san’at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan yosh oilalar (qoidaga ko‘ra, davlat mukofotlari, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohiblari, nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari, tanlovlar va olimpiadalar sovrindorlari).