Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faollari #UzbYoshlariTerrorgaQarshi heshtegini dunyo trendiga chiqarishni maqsad qilishdi

Bir guruh yoshlarning tashabbusi bilan, ertaga kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda #UzbYoshlariTerrorgaQarshi heshtegi ostida internet aksiyasi o‘tkaziladi.

Qayd etish joiz, mamlakatimizda yoshlarni bilimli, vatanparvar, yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Navqiron avlod oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan muntazam targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. G‘arazli kuchlar o‘z g‘oyalarini turli yo‘llar, xususan, internet orqali targ‘ib etishga harakat qilayotgani bois o‘g‘il-qizlarda internetdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakillantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Ertaga boshlanayotgan aksiyada yoshlarni yot tahdidlardan himoya qilish, ularda yurt ravnaqiga dahldorlik hissini tarbiyalash, internet tarmog‘ida diniy ekstremizm mafkurasi tarqalishining oldini olish borasidagi dolzarb vazifalar xususida fikr yuritilishi lozim. Bu boradagi ishlarga hissa qo‘shish har bir yurtdoshimizning burchidir.

Eslatma: Heshtegni yozishda tavsiya etiladigan ko‘rinishlari quyidagicha:

#UzbYoshlariTerrorgaQarshi, #МолодежьУзбекистанаПротивТеррора, #YouthOfUzbekistanAgainstTerror, #TogetherAgainstTerror, #BirgaTerrorgaQarshimiz, #ВместеПротивТеррора, #TerrorNo, #ТерроруНет, #YoshlarTerrorgaQarshi, #YoshlarIttifoqi, #СоюзМолодежиУзбекистана, #UzbekistanYouthUnion

Ma’lumotni ulashing: