Yangiliklar

Yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati xududida doimiy propiskaga ega bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktyabrdagi “Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi VM-813-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati xududida doimiy propiskaga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Qayd etish joiz, mazkur qaror Toshkent shahri va Toshkent viloyati xududidan “Yoshlar” uylaridan birini sotib olish imkoniyatini beradi.

Ma’lumotni ulashing: