So‘rovnoma

“Yoshlar” uylariga oid qonunchilikni takomillashtirish hamda taklif-mulohazalar yuzasidan hamkorlikka taklif qiladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga ko‘plab ijtimoiy faol yosh oilalar tomonidan kelib tushayotgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olib, shuningdek “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini munosib ta’minlash maqsadida “Yoshlar” uylariga oid qonunchilikni takomillashtirish hamda yosh oilalarning taklif, fikr-mulohazalarini o‘rganib, ularni tahlil qilish biz uchun muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, mazkur masalaga befarq bo‘lmagan barcha ijtimoiy faol yosh oilalarni, shuningdek “Yoshlar” uylari sohiblarini “Yoshlar” uylariga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan o‘zlarining taklif va fikr-mulohazalarini bildirishga chorlaymiz.

Buning uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sizdan “Yoshlar” uylariga oid qonunchilikni takomillashtirish, jumladan “Yoshlar” uylariga oid quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalaringiz bilan (aniq muammo va yechimlarining ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq) maxsus so‘rovnomada ishtirok etishingizni so‘raydi.

Izoh: Mas’ul xodimlar tomonidan Nizomda keltirilgan hujjatlardan tashqari ortiqcha hujjatlarning talab qilinganligi, huquqqa hilof hatti-harakatlar, hududiy va respublika Komissiyasi hamda tijorat banklari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va boshqalar.
Izoh: “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylarining soni, xonalar soni, pardoz ishlari, xonalarning maydoni, bolalar maydonchasining ahvoli va h.k.
Izoh: Normativ-huquqiy hujjatni yanada takomillashtirish, ijtimoiy munosabatlar davomida yuzaga kelayotgan huquqdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha takliflar va uning natijadorligi hamda boshqalar.
Takliflaringizni muhokama qilish uchun aloqa ma’lumotlaringizni qoldirishingiz mumkin (bu majburiy emas)
So‘rovnomani to‘ldirgan jismoniy shaxs haqidagi barcha ma’lumotlarning mahfiyligi kafolatlanadi. Siz tomoningizdan bildirilgan har bir fikr-mulohazalar va berilgan takliflar – biz uchun muhim.