Eng ko‘p beriladigan savollar

Men “Yoshlar” uylaridan birini olmoqchi edim. Ushbu uylarni qanday olsam bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil  8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasiga ega bo‘lish uchun yosh oila quyidagi uchta asosiy talablarga javob berishi lozim:

– birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tgan, Nizomga muvofiq, “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun hisobga kuyish to‘g‘risida ariza berilgan paytda har birining yoshi 30 yoshdan oshmagan, shuningdek imtiyozli ipoteka kreditini to‘lashga layoqatli er-xotinlar bo‘lishi;

– turar joy sharoitlarini yaxshilashga muxtojlar sifatida hisobda turgan (bunda quyidagi shartlardan birining mavjud bo‘lishi yetarli hisoblanadi: 1) er-xotinlar doimiy o‘tish joyi bo‘yicha yosh oila ijara shartlarida yashashi; 2) yashash uchun yaroqsiz binolardagi turar joyidagi joy bo‘yicha uy-joy mulkdori bo‘lmasligi; 3) oila a’zolari orasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq surunkali kasalliklarning o‘tkir shakllaridan azob chekuvchi va alohida kvartirada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning bor bo‘lishi) bo‘lishi;

– yosh oilada (er-xotinning birida yoki har ikkisida) Nizomning 4, 7-band “z” kichik bandi talablariga muvofiqligini, ya’ni fan, san’at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishganligini (qoidaga ko‘ra, davlat mukofotlari, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohiblari, nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari, tanlovlar va olimpiadalar sovrindorlari) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi.

“Yoshlar” uylarini olish uchun kimga murojaat etishim lozim?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori asosida “Yoshlar” uylarini olshi uchun yosh oila o‘zining hujjatlarini Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  tuman (shahar) Kengashlariga topshirishi mumkinligi keltirilgan.

Shu bois, siz mazkur masala yuzasidan o‘zingizning doimiy yashash manzilingizdagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  tuman (shahar) Kengashlariga murojaat etishingiz lozim.

Men 27 yoshdaman, turmush o‘rtog‘im 31 yoshda. Biz “Yoshlar” uylarini olish uchun nomzod sifatida o‘zimizning hujjatlarimizni topshirsak bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasiga ega bo‘lish uchun yosh oila birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tgan, Nizomning 2-bandiga muvofiq, “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun hisobga kuyish to‘g‘risida ariza berilgan paytda har birining yoshi 30 yoshdan oshmagan er-xotinlar bo‘lishi belgilangan. Shu bois, sizda mazkur Nizom asosida “Yoshlar” uylaridan birin olishning imkoni mavjud emas.

“Yoshlar” uylarini narxi necha pul yoki ushbu uylarning narxlari to‘g‘risida qayerdan ma’lumot olsak bo‘ladi?

“Yoshlar” uylarining narxini uylar qurilishi yakunlanganidan keyin uylarning qurilishini amalga oshirgan pudrat tashkilotlari va mazkur uylarning qurilishini moliyalashtirgan tijorat banklaridan olishingiz mumkin.

Men “Yoshlar” uylarini imtiyozli ipoteka krediti asosida sotib olish uchun o‘zimning hujjatlarimni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Kengashiga topshirganman. Hujjatlarim o‘rganib chiqilib ijobiy yoki rad etilgan qaror qabul qilingan yoki qilinmaganligini qayerdan bilsak bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga asosan hujjatlar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  tuman (shahar) Kengashlariga topshirilganidan so‘ng 2 kunlik muddatda hujjatlar viloyat komissiyasiga yuboriladi. Nizomning 10-bandiga asosan hududiy komissiya hujjatlarin 10 ish kunida ko‘rib chiqib yosh oilani muhtoj sifatida hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida xulosa tuzib, hujjatlarni uch kun muddatda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuboradi. Yuqoridagilarga asoslanib siz taqdim etgan hujjatlar qaysi komissiyada o‘rganilayotganiga qarab o‘sha komissiyaga murojaat etganingiz maqsadga muvofiq.

Meni “Yoshlar” uylariga topshirgan hujjatlarim Respublika Komissiyasining 17-sonli bayon qarori bilan ijobiy hal etilib Buxoro viloyatining Kogon tumanida qurilgan olish bo‘yicha tavsiya taqdim etildi. Hozirgi kunda ish faoliyatim Buxoro shaxriga o‘tganligini inobatga olib menga berilgan Kogon tumanidagi uylarga berilgan tavsiyanomani Buxoro shahriga almashtirishning ilojisi bormi?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi respublika Komissiyasining 2015-yil 8-apreldagi 9-sonli bayoni qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni yosh oilalarga ajratish va taqsimlash bo‘yicha hududiy Komissiyalar uchun Tavsiyalar”ning 7-bandida hududiy Komissiyalarga turar-joyning yarmidan ko‘pi uchun tavsiyanomalar taqdim etilgan taqdirda, hududiy Komissiya yosh oilalar uchun kvartiralarni ajratish va uni taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligi keltirilgan.

Siz mazkur masala yuzasidan Buxoro viloyat hududiy Komissiyasi orqali respublika Komissiyasiga murojaat qilishingiz lozim.

Meni “Yoshlar” uylariga topshirgan hujjatlarim Respublika Komissiyasining 17-sonli bayon qarori bilan ijobiy hal etilib, Toshkent shahridan qurilayotgan uylardan ipoteka krediti asosida sotib olish uchun tavsiyanoma taqdim etildi. Hujjatlarimni taqdim etgan paytda mening 2 nafar farzandim bor edi. Hozirgi kunga kelib 3 ta farzandim bor. Menga 2 xonalik uy taqdim etilgan. Farzandim 3 ta bo‘lganligi uchun menga berilgan 2 xonalik uyni 3 xonaliga almashtirsam bo‘ladimi?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi respublika Komissiyasining 2015-yil 8-apreldagi 9-sonli bayoni qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni yosh oilalarga ajratish va taqsimlash bo‘yicha hududiy Komissiyalar uchun Tavsiyalar”ning 7-bandida hududiy Komissiyalarga turar-joyning yarmidan ko‘pi uchun tavsiyanomalar taqdim etilgan taqdirda, hududiy Komissiya yosh oilalar ucchun kvartiralarni ajratish va uni taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligi keltirilgan.

Siz mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hududiy Komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Yoshlar” uylariga topshirgan hujjatlarim respublika komissiyasining 15-sonli bayon qarori bilan yutuqlarim yetarli bo‘lmaganligi uchun rad etildi. Hujjatlarimni qayta ko‘rib chiqish uchun kimga va qay tartibda murojaat qilishim lozim?

Agarda hujjatlaringiz respublika komissiyasi tomonidan rad etilgan bo‘lsa sizda hujjatlaringizni qaytadan (takroran) O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) Kengashlariga topshirish huquqingiz bor.

Men “Yoshlar” uylaridan olmoqchiman. Ammo menda hech qanday yutuq yo‘q. Men tuman obodonlashtirish bo‘limida ishlayman. Men “Yoshlar”​ uylaridan birini olish imkoniyatim bormi?

Kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqiga turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida hisobda turgan hamda fan, san’at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan yosh oilalar (qoidaga ko‘ra, davlat mukofotlari, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohiblari, nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari, tanlovlar va olimpiadalar sovrindorlari) ega bo‘ladilar.

Yuqoridagilarga asosan agarda siz o‘zingiz faoliyat yuritayotgan sohada yutuqlarga erishgan bo‘lsangiz tegishli viloyat (shahar) hokimining (belgilangan namunaga asosan) tavsiyanomasiga muvofiq hujjatlaringizni taqdim etishingiz mumkin.

“Yoshlar” uylari Respublikaning qaysi hududlarida qurilmoqda?

“Yoshlar” uylari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qurilmoqda. Batafsil saytimizdagi “Rejadagi uylar” sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.

“Yoshlar” uylari necha xonalik?

Yangi tipda qurilayotgan “Yoshlar” uylari 2, 3 xonali qilib qurilmoqda. Rekonstruksiya qilingan uylarda esa 1,2,3 va 4 xonali uylar ham mavjud.

“Yoshlar” uylari necha qavatli?

Yangi qurilayotgan “Yoshlar” uylari 2 qavatli, 4 qavatli, rekonstruksiya qilinayotgan “Yoshlar” uylari 5 qavatlilari ham mavjud.

Meni onamning qon bosimlari baland va onamda oritmiya kasalligi mavjud. Mening yutuqlarim yo‘q. Men “Yoshlar” uylariga hujjatlarimni topshirsam ushbu holat inobatga olinadimi?

Nizomning barcha talablariga javob beruvchi yosh oilalarning Nizomning 5-bandining “b” kichik bandiga asosan oila a’zolari orasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq surunkali kasalliklarning o‘tkir shakllaridan azob chekuvchi va alohida kvartirada yashashga muhtoj bo‘lgan bo‘lgan shaxslar bor bo‘lsa, shuningdek Nizomning 17-bandiga asosan yosh oilaga tavsiyanoma navbatdan tashqari berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq surunkali kasalliklarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligining 2001-yil 19-iyuldagi “Bemorning uy-joy maydoni ko‘paytirilishi mumkin bo‘lgan ayrim og‘ir turdagi surunkali kasalliklarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 322-sonli (O‘z.R. Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 10-avgustda 1060-son bilan ro‘yxatga olingan) buyrug‘ida belgilab berilgan.

Oritmiya kasalligi yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga kiritilmagan. Bemorning uy-joy maydoni ko‘paytirilishi mumkin bo‘lgan ayrim og‘ir turdagi surunkali kasalliklarning ro‘yxati bilan ba’tafsil saytimizdagi sahifa orqali tanishishingiz mumkin.

Biz turmush o‘rtog‘im bilan “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilarimiz. Lekin hech qanday yutuqlarimiz yo‘q. Biz “Yoshlar” uylariga hujjatlarimizni taqdim etishimiz mumkinmi?

Nizomning barcha talablariga javob beruvchi yosh oila Nizomning 17-bandining 1-qismiga asosan ya’ni, er-xotinning har ikkisi yetimlar – “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bo‘lsa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasi navbatdan tashqari beriladi.

Hujjatlarni taqdim etilishida yosh oilaning “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi ekanligi yutuqlar mavjud bo‘lmaganda inobatga olinmaydi.

Biz turmush o‘rtog‘im bilan “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilarimiz. Turmush o‘rtog‘im 2012-yilda Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan. Uylarni ajratilishida bizning “Mehribonlik uyida” tarbiyalanganimiz inobatga olinadimi?

Nizomning barcha talablariga javob beruvchi yosh oila Nizomning 17-bandining 1-qismiga asosan ya’ni, er-xotinning har ikkisi yetimlar – “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bo‘lsa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasi navbatdan tashqari beriladi.

Meni “Yoshlar” uylariga topshirgan hujjatlarim Respublika Komissiyasining 17-sonli bayon qarori bilan ijobiy hal etilib Toshkent shahridan qurilayotgan uylardan ipoteka krediti asosida sotib olish uchun tavsiyanoma taqdim etildi. Uylarning narxi yuqori bo‘lganligi sababli ushbu narxdagi summani to‘lashga oilam bilan qiynalamiz. Uylarning narxini pasaytirilishi bo‘yicha kimga murojaat qilsak bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 16-bandida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasi hisobda turgan yosh oilalarga ular uchun zarur bo‘lgan turar-joy maydoni mavjudligidan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqdim etilishi belgilangan. Nizomning 2-bandida esa, mazkur taqdim etilgan tavsiyanoma imtiyozli ipoteka kreditini oluvchi bilan kredit oluvchi doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda joylashgan tijorat banki o‘rtasida ipoteka krediti berish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun asos bo‘lishi keltirilgan.

Yuqoridagilarga asosan siz sotib olmoqchi bo‘lgan “Yoshlar” uyini qurilishini moliyalashtirgan hamda ushbu uyni sotib olishga ipoteka kreditini taqdim etayotgan bankga murojaat etishingiz lozim.

Meni “Yoshlar” uylariga topshirgan hujjatlarim Respublika Komissiyasining 17-sonli bayon qarori bilan ijobiy hal etilib Toshkent shahridan qurilayotgan uylardan ipoteka krediti asosida sotib olish uchun tavsiyanoma taqdim etildi. Uylarning narxi yuqori bo‘lganligi tufayli uylarni sotib olishni rad etmoqchiman. Kimga murojaat qilish lozim?

Ushbu masalada hujjatlaringizi o‘rganib chiqqan hududiy komissiyaga murojaat etishingiz mumkin.

Men boks bo‘yicha 2010-yilda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egallaganman. Toshkent shahrida qurilayotgan “Yoshlar” uylaridan olish istagim bor. Ammo Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turmayman, xotinim esa Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadi. Meni erishgan yutug‘im bilan xotinim Toshkent shahrida qurilayotgan uylarga hujjat topshirsa bo‘ladimi?

Nizomning 7-bandiga asosan turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida yosh oilani hisobga qo‘yish uchun er-xotindan biri doimiy ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashiga hujjatlarini taqdim etadi.

Yuqoridagilarga asoslanib sizning yutug‘ingiz bilan turmush o‘rtog‘ingiz o‘zi doimiy ro‘yxatda turuvchi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashiga hujjatlarini taqdim etishi mumkin.

Men 2006-yilda huquq fanidan respublika olimpiadasi g‘olibi bo‘lganman. Bugungi kunda Toshkent shahrida oilam bilan faoliyati yuritib kelmoqdamiz. 2015-yilda turmush o‘rtog‘im va men ishxonamiz tomonidan kiritilgan iltimosnomaga asosan Toshkent shahriga doimiy ro‘yxatga o‘tdik. Ammo doimiy ro‘yxatga o‘tganimizga 3 yil to‘lmaganligi sababli turmush o‘rtog‘im va men o‘zimizni nomimizga ko‘chmas mulk sotib ololmaymiz. Ushbu holatda biz “Yoshlar” uylariga hujjatlarimizni topshirishimiz mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandida hujjatlar Nizomda belgilangan tartiblarda yosh oilaning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashlariga topshirilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-sonli “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risida Nizom”ning 25-bandi 1-xatboshisida yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga ipoteka krediti olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga so‘ralayotgan kredit summasi ko‘rsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga sotiladigan yakka tartibdagi uy-joyning yoki kvartiraning kelishilgan qiymati ko‘rsatilgan holda, uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnomasini taqdim etishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-sonli “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 8-bandida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lganda va Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan)da (O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining Ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) 2, 5, 9-11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etgandagina) amalga oshirilishi keltirilgan.

“Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartirani oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnomani notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun notarial idoralarga murojaat etilganda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 01.05.2012 yildagi 71-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaning 21-bandida Toshkent shahrida oldi-sotdi bitimlarini ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda, ya’ni agar sotib oluvchi tomon:

Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lsa;

Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan), Ro‘yxatning 2, 5, 9 – 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va IIOning doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsagina amalga oshirilishini keltirgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lsangizgina, Toshkent shahrida qurilayotgan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralardan birini imtiyozli ipoteka krediti asosida sotib olishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Andijon viloyati Baliqchi tumani Kengashiga “Yoshlar” uylarini sotib olish uchun hujjatlarimni taqdim etganimda Kengash mas’ul xodimi tomonidan erishgan yutuqlarim nufuzli emasligini vaj qilib ko‘rsatib hujjatlarimni qaytarib berdi. Sport sohasida erishilgan yutuqlarni nufuzli yoki nufuzli emasligi to‘g‘risida aniqlik kiritish uchun kimga murojaat qilishim mumkin?

Erishgan yutug‘ingizni nufuzli yoki nufuzli emasligini aniqlashda ushbu yutuqni tasdiqlovchi hujjatni bergan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishingiz lozim yoki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga murojaat etishingiz maqsadga muvofiq.

Toshkent shahri Chilonzor tumanida qurilayotgan “Yoshlar” uyining pudratchisi to‘g‘risida qanday ma’lumot olsak bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 250-sonli qarorining 2-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati “Yoshlar” uylarini qurish va rekonstruksiya qilishning buyurtmachilari etib belgilangan.

Yuqoridagini inobatga olib, “Yoshlar” uylarining qurilishi va boshqalar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati kompaniyasiga murojaat qilishingizni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Sport, madaniyat, san’at boshqa sohalarda o‘tkazilgan musobaqalarning nufuzli yoki nufuzli emasligi to‘g‘risida qayerdan ma’lumot olsak bo‘ladi?

Ushbu masalada O‘zbekiston Respublikasi Madaniya va sport ishlari vazirligiga murojaat etishingiz maqsadga muvofiq.

“Yoshlar” uylarini sotib olishda tijorat banklari bilan tuziladigan ipoteka shartnomasining yillik foizi qanchani tashkil etadi?

Nizomning 3-bandiga muvofiq kvartiralar yosh oilalarga tijorat banklari tomonidan sotib olinadigan kvartirani qiymatini to‘lash uchun, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki badalni to‘lamasdan, tijorat banklari tomonidan 20 yilga, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida, ya’ni 7 foiz bilan 20 yil muddatga beriladi deb belgilab qo‘yilgan.

“Yoshlar” uylari necha yilga beriladi?

Nizomning 3-bandiga muvofiq “Yoshlar” uylari 20 yilga beriladi.

“Yoshlar” uylari uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi lozim?

Nizomning 7-bandiga asosan yosh oila tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashi raisi nomiga ariza;

b) nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

v) oilaning tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va oila a’zolarining pasportlari (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar) nusxalari;

g) yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yosh oilaning turar joy sharoitlari Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan shartlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

d) ish beruvchining muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasi nusxasi;

e) doimiy ish joyidan berilgan ariza beruvchining (oila a’zolarining) oxirgi 12 oydagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar yoki ularning yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan ariza beruvchining (oila a’zolari – er va xotinning) oxirgi 12 oydagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning nusxalari;

j) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan er-xotinda mulk huquqi bilan to‘rar joy yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

z) Nizomning 4-bandi talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar.

“Yoshlar” uylari uchun topshirilgan hujjatlarni hududiy komissiya tomonidan ko‘rib chiqish muddatlari necha kunni tashkil etadi?

Nizomning 10-bandiga muvofiq Hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar 10 ish kuni mobaynida tekshirib ko‘rib chiqadi.

“Yoshlar” uylari uchun topshirilgan hujjatlarni respublika komissiya tomonidan ko‘rib chiqish muddatlari necha kunni tashkil etadi?

Nizomning 13-bandiga muvofiq hududiy komissiyalardan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab Respublika komissiyasi 5 ish kunidan kechiktirmay hujjatlarni o‘rganib hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

“Yoshlar” uylariga tuman (shahar) Kengashlariga nomzodlar hujjatlarni shaxsan topshirishi lozimmi yo ishongan vakili orqali taqdim etsa ham bo‘ladimi? (Xotini, eri, onasi, otasi, ukasi, akasi va h.k.)

“Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan birini imtiyozli ipoteka krediti asosida sotib olish uchun shaxsan o‘zingiz yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 135-moddasida belgilangan tartibda notarial shaklda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan ishonchli vakil orqali topshirish huquqingiz mavjud.

Men va turmush o‘rtog‘im hozirgi kunda oliy o‘quv yurtida tahsil olmoqdamiz. Men Navoiy stipendiyasi sohibiman. “Yoshlar” uylariga hujjatlarimni topshirmoqchiman. Lekin, Nizomda belgilanganidek mening va turmush o‘rtog‘imning ipoteka krediti pul summalarini to‘lashga yetarli daromadimiz yo‘q. Bunday hollarda kafillarning (ota-onam) kafilligi inobatga olinadimi?

Kafillik halatlari ipoteka kreditini taqdim etadigan bankning o‘zini ichki siyosatida kelib chiqib hal etiladi. Ushbu masalalarda tijorat banklariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

Mening ish faoliyatim Toshkent shahrida, lekin mening doimiy yashash manzilim Xorazm viloyatida men Toshkent shahrida qurilayotgan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylariga nomzod bo‘lsam bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandida hujjatlar Nizomda belgilangan tartiblarda yosh oilaning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  tuman (shahar) Kengashlariga topshirilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-sonli “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risida Nizom”ning 25-bandi 1-xatboshisida yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga ipoteka krediti olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga so‘ralayotgan kredit summasi ko‘rsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga sotiladigan yakka tartibdagi uy-joyning yoki kvartiraning kelishilgan qiymati ko‘rsatilgan holda, uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnomasini taqdim etishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-sonli “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 8-bandida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lganda va Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan)da (O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining Ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) 2, 5, 9-11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etgandagina) amalga oshirilishi keltirilgan.

“Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartirani oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnomani notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun notarial idoralarga murojaat etilganda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 01.05.2012 yildagi 71-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaning 21-bandida Toshkent shahrida oldi-sotdi bitimlarini ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda, ya’ni agar sotib oluvchi tomon:

Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lsa;

Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan), Ro‘yxatning 2, 5, 9 – 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va IIOning doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsagina amalga oshirilishini keltirgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lsangizgina, Toshkent shahrida qurilayotgan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralardan birini imtiyozli ipoteka krediti asosida sotib olishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

“Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylariga hujjatlarni qayerga topshiriladi?

“Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylariga hujjatlarni Nizomning 7-bandiga asosan er-xotindan biri doimiy ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashiga hujjatlarini taqdim etadi.

“Yoshlar” uylari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun kimga va qayerga uchrashish lozim?

“Yoshlar” uylari haqida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashlari, hududiy kengashlari yoki Markaziy Kengashidan qo‘shimcha ma’lumotlar olinishi mumkin. Haftaning har juma kuni soat 1400dan 1500gacha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  Markaziy Kengashi binosida (Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 11-uy manzilida) mutaxassislar tomonidan konsultatsiya tashkil etilib kelinmoqda.

“Yoshlar” uylariga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi mavjudmi?

“Yoshlar” uylarini olish bo‘yicha yosh chegarasi belgilangan. Nizomning 2-bandiga asosan hujjat topshirish vaqtida er va xotin 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi, ya’ni 31 yoshga to‘lmagan bo‘lashi lozim.

Men 2-nikohga kirganman lekin turmush o‘rtog‘imning 1-nikohi hisoblanadi. “Yoshlar” uylariga ega bo‘lishim mumkinmi?

Nizomning 2-bandiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nikohga birinchi marta kirgan, Nizomga muvofiq “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza berilgan paytda har birining yoshi 30 yoshdan oshmaydigan er-xotinlar yosh oila deb e’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan ta’rifda “nikohga birinchi marta kirgan” jumlasi erga ham xotinga ham tegishli hisoblanadi.

Turmush o‘rtog‘imning nomida ko‘chmas mulk mavjud, lekin mening nomimda ko‘chmas mulk mavjud emas. Biz “Yoshlar” uylariga nomzod bo‘lishimiz mumkinmi?

Nizomning barcha talablariga javob beruvchi yosh oilalarning Nizomning 5-bandining “a” kichik bandiga asosan er-xotinlar doimiy ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha uy-joy mulkdori bo‘lmasligi hamda Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etiladigan hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan er-xotinda mulk huquqi bilan to‘rar joy yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham taqdim etilishi belgilangan.

Yuqoridagilarga muvofiq siz “Yoshlar” uylariga nomzod sifatida hujjat taqdim etishga noloyiq deb topilasiz.

Mening erishgan yutuqlarim viloyat miqyosida men “Yoshlar” uylariga ega bo‘lishim mumkinmi?

Nizomning 4-bandida yutuqlar respublika yoki xalqaro miqyosda bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Men hali oila qurmaganman “Yoshlar” uylariga ega bo‘lishim mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasiga ega bo‘lish uchun yosh oila birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tgan, Nizomning 2-bandiga muvofiq, “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun hisobga kuyish to‘g‘risida ariza berilgan paytda har birining yoshi 30 yoshdan oshmagan er-xotinlar bo‘lishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan siz yosh oila bo‘lganizdagina hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.