Yangiliklar

Ellikqalʼa tumanida yosh oilalarga “Yoshlari” uylari topshirildi

Yoshlar — kelajagimiz, yurt tayanchi hamda ishonchi, deymiz. Shu bois ayni paytda yurtimizda yosh avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Bugun, 1-iyun “Xalqaro bolalar kuni”da “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-­quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar ­Mahkamasining 2017-yil 23-sentyabrdagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashda qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida Ellikqalʼa tumanidagi “A.Navoiy” MFY hududida qurilgan koʻp kvartirali turar joylardan 3 ta yosh oilaga, Dilshodbek Sadullayev, Eldor Kojanov va Alisher Xudayberganovlarga “Yoshlar uyi” tantanali topshirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-sentyabrdagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, bu uylarning oldindan toʻlanadigan badal toʻlovi Yoshlar ittifoqi tomonidan toʻlab berildi.

«Bugun oilamiz uchun quvonchli kun boʻldi. Biz yoshlarga qaratilayotgan bunday yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan mamnunmiz. Kelajakda bu uylarda kamolga yetadigan farzandlarimiz ham shu yurtga munosib insonlar boʻlib ulgʻayishiga ishonaman», – deydi yangi xonadon sohibi Eldor Kojanov.

Namunaviy loyiha asosida qurilgan ushbu uylarda farovon yashash uchun barcha qulaylik yaratilgan. Isitish tizimi, issiq, sovuq suv, gaz va elektr taʼminoti barcha texnik talablarga koʻra jihozlangan.

Ma’lumotni ulashing: