Yangiliklar

Qarshi shahrida 4 qavatli 47 xonadondan iborat “Yoshlar” uylari topshirildi

2018-yil 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni yanada qoʻllab quvvatlash chora tadbirlari”gi 250-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 4 qavatli uy-joylardan 47 xonadondan iborat “Yoshlar” uylari yosh oilalarga tantanali ravishda topshirildi.

Uy kalitlarini oʻz yegalariga Oʻzbekiston xalq artisti Mirza Azizov,Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari B.Ochilov hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Sh.Sattorovlar topshirishdi.

– Bugun men uchun bir umr quvonch bilan eslaydigan kun. Sababi, yoshlar kamtarona faoliyatim davlatimiz tomonidan etirf etilib, mana shunday fayzli xonadon egasi buldik. Rostini aytsam, Prezidentimiz bizga boʻlgan mehirlarini ifoda etuvchi uy soxibi boʻlish sharafdir. Shuningdek, ushbu uylarning boshlangʻich tulovlarini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan toʻlab berilishi ham endigina oila ostonasiga qadam qoʻygan, oʻzini oʻnglay boshlagan yosh oilalar uchun ayni muddao. Xalqimizda uy olmagin qoʻshni ol degen naqil bor. Yon-atrofimizdagi barcha qoʻshnilar ham yosh oila ekanligi meni ikki karra shod etdi-deydi Husan Yallayev.

2018-yil Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarda qurilayotgan “Yoshlar” uylari Qarshi shaharda 47 ta tumanlarda 70 ta uy joylar topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumotni ulashing: