Yangiliklar

Denovda 32 nafar yosh oilaga “Yoshlar” uylari topshirildi

2018-yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Denov tumanida 4 qavatli 32 xonadondan iborat “Yoshlar” uylari yosh oilalarga tantanali ravishda topshirildi. 

Uy kalitlarini oʻz egalariga Oʻzbekiston xalq artisti Mirza Azizov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari B.Ochilov hamda Denov tumani hokimi B.Ibotovlar topshirdi.

– Bugun men uchun bir umr quvonch bilan eslaydigan kun. Sababi, yoshlar tashkilotidagi kamtarona faoliyatim davlatimiz tomonidan eʼtirof etilib, mana shunday fayzli xonadon egasi boʻldik. Rostini aytsam, Prezidentimizning bizga boʻlgan mehrlarini ifoda etguvchi uy sohibi boʻlish sharafdir. Shuningdek, ushbu uylarning boshlangʻich toʻlovlarini Oʻzbekiston yoshar ittifoqi tomonidan toʻlab berilishi ham endigina oila ostonasiga qadam qoʻygan, oʻzini oʻnglay boshlagan yosh oilalar uchun ayni muddao. Xalqimizda uy olmagin, qoʻshni ol degan naql bor. Yon-atrofimizdagi barcha qo'shnilar ham aynan yosh oilalar ekanligi meni ikki karra shod etdi, – deydi Ollomurod Mirzayev.

Mazkur uylar yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, festivallarda faol qatnashayotgan yigit-qizlarga berildi.

Ma’lumotni ulashing: