Yangiliklar

Yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida faoliyat olib boruvchi yuriskonsultlar va Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi mudirlari ishtirokida oʻquv-seminar boʻlib oʻtmoqda

2018-yil 24-27-oktyabr kunlari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida faoliyat olib boruvchi yuriskonsultlar va Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi mudirlari ishtirokida oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu oʻquv-seminarida Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijro apparati rahbari M. Akramov, Oliy sud sudyasi Z. Nazarov, Oliy sud Matbuot guruhi rahbari M. Ergashev va Adliya vazirligi masʼul xodimi Y. Normurodov ishtirok etmoqda.

Oʻquv-seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 250, 753-sonli qarorlari, 2017-yil 5-dekabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi oʻrtasida yoshlar masalalari sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumning Markaziy, hududiy va mahalliy Kengashlarida ijrosini qonunchilikda belgilangan tartibda adolatli, tizimli va shaffof tarzda taʼminlash hamda yoshlaruyi.uz saytida “Yoshlar” uylarini sotib olishning elektron navbat tizimining yuritilishi kabi masalalar yuzasidan oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Tadbirda shu bilan birga Oliy sudning veb-sayti orqali Oʻzbekistonda ilk marotaba doimiy ishlovchi sud majlislarining onlayn translyatsiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish tizimi boʻyicha ham zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishitirokchilar tomonidan o'quv mash'gulot davomida tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda va  oʻquv-seminar yakunida mazkur takliflar asosida amalga oshirish zarur boʻlgan masalalar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumotni ulashing: