Yangiliklar

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Jizzax shahrida 32 ta xonadondan iborat “Yoshlar” uylari topshirildi

Mustaqillikka erishganimizdan soʻng yoshlarga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Barcha sohada yoshlarimiz erishayotgan yutuq va marralar buning isboti desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Yaqindagina Jizzax shahri Ittifoq mahallasida yangidan barpo etilgan koʻp qavatli “Yoshlar” uylari sohibiga aylangan yosh oilalar ham jamiyatimizning eng faol yoshlaridan hisoblanishadi.

32 ta xonadondan iborat boʻlgan shinam “Yoshlar” uylari mustaqilligimizning 27 yillik bayram tantanalari munosabati bilan oʻz egalariga topshirildi.

“Yoshlar” uylarining tantanali topshirish marosimida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi yuriskonsulti G.Tursunbetova, Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻlim mudiri F. Nurmatov, Jizzax viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari B.Toʻxtamishev, Jizzax shahar hokimi A.Shukurov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi D.Xudayshukurovlar ishtirok etib, yosh oilalarni yangi xonadonlar bilan samimiy qutladi. Shundan soʻng “Yoshlar” uylarining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Quvonchimiz cheksiz albatta, muhtaram prezidentimizga alohida minnatdorchilik bildiraman, bizga mana shunday ajoyib “Yoshlar” uylarini taqdim etganligi uchun. Har bir yigit kishi oila qurgandan soʻng birinchi galdagi vazifalaridan biri oilasi uchun uy-joy qilish. Men ana shunday vazifalarning birini bajardim deb oʻylayman. Yurtimiz doim tinch osmonimiz musaffo boʻlsin. Vatanimiz rivoji uchun doim tayyorman,— deydi Ilyasov Marat.

Ma’lumotni ulashing: