Yangiliklar

Termiz shahrida 15 nafar yosh oilaga “Yoshlar” uylari topshirildi

2018-yil 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Farovon massivi”da 10 ta 7 qavatli jami 420 xonadondan iborat uylar oʻz egalariga topshirildi. Ushbu xonadonlardan 15 tasi “Yoshlar” uylari bo‘lib, mazkur uylar yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, festivallarda faol qatnashayotgan yigit-qizlarga berildi.

Bugun mamlakatimizning har goʻshasida bayram, tantana. Bu albatta yurtimiz tinchligi, xalqimizning farovon hayotidan darak beradi. Aslida inson uchun, ayniqsa yosh oilalarning farovon hayot kechirishi uchun uning doimiy qoʻrgʻoni yaʼni xonadoni boʻlishi judayam muhim. Sababi uy joyidan koʻngli toʻq, yaxshi sharoitlarga ega boʻlgan xonadon egasigina ish joyida xotirjam, yaxshi kayfiyatda, shukronalik hissi bilan ishlab, Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻsha oladi. Ayni vaqtda Termiz shahridagi 15 nafar ana shunday jamiyatda faol, fidoyi yosh oilalar munosib ragʻbatlantirildi.

Barcha qulayliklarga ega bu turar joynlarning imtiyozli kredit asosida, boshlang‘ich to‘lovlarsiz berilayotgani yosh oilalar uchun katta imkoniyatdir.​

Bugun men uchun hayotim davomida bir umrga quvonch bilan eslaydigan kun. Sababi, yoshlar tashkilotidagi kamtarona faoliyatim, davlatimiz tomonidan eʼtirof etilib, mana shunday fayzli xonadon egasi boʻldik. Rostini aytsam bizdek baxtli yoshlar uchun qasr yoli koshonalardan koʻra mana shunday moʻjaz, Prezidentimizning bizga boʻlgan mehrlarini ifoda etguvchi uy sohibi boʻlish sharafdir. Shuningdek, yoshlar uylarining boshlangʻich toʻlovlari aynan Oʻzbekiston yoshar ittifoqi tomonidan toʻlab berilishi ham endigina oila ostonasiga qadam qoʻygan, oʻzini oʻnglay boshlaydigan yosh oilalar uchun ham ayni muddao. Xalqimizda uy olmagin, qoʻshni ol degan naql bor. Yon atrofimizdagi barcha xonadonlar ham aynan yosh oilalar ekanligi meni ikki karra shod etdi deydi — “Yoshlar” uylari sohibi Malika Rahmonova.

Ma’lumotni ulashing: