Yangiliklar

O‘zbekiston24 radiokanalida mamlakatimizda yosh oila chegarasini 30 yoshdan 35 yoshgacha uzaytirish taklifi borasida jonli muloqot bo‘lib o‘tdi

2018-yil 5-iyul kuni O‘zbekiston24 readiokanalining “So‘z sizga” dasturining navbatdagi mavzusi “O‘zbekistonda yosh oila chegarasini 30 yoshdan 35 yoshgacha uzaytirish taklifi” mavzusida jonli muloqot o‘tkazildi.

O‘tkazilgan jonli muloqotda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yuridik bo‘lim mudiri Bahrom Ilhomjonov hamda meningfikrim.uz Jamoaviy murojaatlar portali moderatori Akbarshoh Teshaboyev ishtirok etishdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda yosh oilalarga berilgan imtiyozlar ularning qonunchilikda belgilangan tartibi hamda Jamoaviy murojaatlar portalida taklif etilgan “O‘zbekistonda yosh oila chegarasini 30 yoshdan 35 yoshgacha uzaytirish” taklifi borasida ham so‘z yuritildi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) - yosh oila deb belgilangan.

Barchamizga ma’lumki, yosh oila toifasi yosh oilalarga birqancha imkoniyatlar, jumladan, daromad solig‘i, kreditlar, uy-joy olish va boshqa shu kabi munosabatlarda imtiyozlar taqdim etadi.

Muloqot davomida shuningdek, Jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirilgan mamlakatimizda yosh oila chegarasini 30 yoshdan 35 yoshgacha uzaytirish taklifi borasida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga jonli muloqot ishtirokchilari tomonidan qoniqarli javoblar berildi.

Mazkur jonli muloqotning audio formatini quyidagi havola orqali tinglashingiz mumkin.

Audioni eshitish

Ma’lumotni ulashing: