Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlari kuni shukuhi: Olmazor tumanida 64 xonadondan iborat “Yoshlar” uylari topshirildi

Bugun 30-iyun — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Qamarniso ko‘chasida joylashgan 64 xonadondan iborat “Yoshlar” uylari yosh oilalarga tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur uylar yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, festivallarda faol qatnashayotgan yigit-qizlarga berildi.

Hozirgi kunga kelib, Toshkent shahrining Sergeli, Uchtepa, Bektemir, Mirobod va Chilonzor, Mirzo Ulug‘yebek tumanlarida namunaviy loyihalar asosidagi “Yoshlar” uylari barpo etildi hamda yosh oilalarga topshirildi.

Ma’lumotni ulashing: