Yangiliklar

“Yoshlar” uylari va yoshlarga kafillik berish masalalari yuzasidan murojaatlar onlayn qabul qilinmoqda

Joriy-yilning 19-22-yanvar kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida faoliyat olib boruvchi yuriskonsultlar va Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudirlari ishtirokida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘quv seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi 250-sonli “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 19-sentyabrdagi 753-sonli “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek 2017-yil 5-dekabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumning Markaziy, hududiy va mahalliy Kengashlarida ijrosini qonunchilikda belgilangan tartibda adolatli, tizimli va shaffof tarzda ta’minlashga qaratilgan.

Mashg‘ulotlarda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida yuksaltirish hamda targ‘ib qilish, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Ayni vaqtda mazkur o‘quv seminar mashg‘ulotlarida O‘zbekiston Respublikasi oliy sudi sudyalari tomonidan Oliy sud va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumning mazmun va mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlarda Sizni qiziqtirgan masalalar va savollaringiz bo‘lsa, +99897-726-90-99 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki Telegram messenjeri orqali bildirishingiz mumkin.

Ma’lumotni ulashing: