Yangiliklar

Mirzo Ulug‘bek tumanida navbatdagi 32 ta yosh oilaga “Yoshlar” uylarining kalitlari topshirildi

Joriy yilning 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan “Yoshlar” uyidagi xonadonlar turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yosh oilalarga topshirildi.

Bu uylar yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, festivallarda faol qatnashayotgan yigit-qizlarga berildi.

Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining Sergeli, Uchtepa, Bektemir, Mirobod va Chilonzor tumanlarida na’munaviy loyiha asosida jami 10 ta uydan iborat 288 xonadonli “Yoshlar” uylari barpo etildi hamda yosh oilalarga topshirildi.

2017-yilda Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod va M.Ulug‘bek tumanlarida 192 xonadondan iborat bo‘lgan 10 ta “Yoshlar”  uylari barpo etildi.

Bugun ham Mirzo Ulug‘bek tumani barpo etilgan 2 ta 16 xonadonli “Yoshlar” uylari 32 nafar yosh oilalarga boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida to‘lab borish sharti bilan foydalanishga topshirildi.

Tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ularning ota-onalari, keksa otaxon va onaxonlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi faollari qatnashdi.

Ushbu uylar barcha talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lib, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, telefon aloqasi hamda elektr energiyasi bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlangan.

Ma’lumotni ulashing: