Yangiliklar

Kitob tumanida qad rostlagan “Yoshlar” uylari Yangi yil arafasida yosh oilalarga tantanali ravishda foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 28-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yosh oilalar uchun barpo etilgan “Yoshlar” uylarini topshirish marosimi munosabati bilan Yoshlar ittifoqi viloyat va tuman Kengashi faollari, tuman hokimligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor samarasi aholi farovonligi va turmush madaniyatini yuksaltirishdek ezgu ishlarda namoyon bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

- Bugun Kitob tumanidagi “Guliston” MFYda joylashgan 48 xonadonga mo‘ljallangan “Yoshlar” uylari qurib bitkazilib, Yangi yil arafasida o‘z egalariga topshirildi, - deydi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov. - Har jihatdan qulay, shinam, keng va yorug‘ yangi uylarning yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari asosida berilganligi uy sohibi bo‘lgan yosh oilalarga berilgan katta imkoniyatlardan biridir.

– Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida, mening yutuqlarim yuksak darajada mukofotlanmoqda, – deydi sportning yengil atletika turi bo‘yicha 6 karra O‘zbekiston chempioni Javohir Saidov. – Guvohi bo‘lib turganingizdek mana shunday ko‘rkam ”Yoshlar” uylaridan birida, oilam bilan istiqomad qilishdek quvonchli baxtga muyassar bo‘ldim.

Muxtasar qilib aytganda, yurtimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, bularning barchasi ozod yurtimizning navqiron avlodlarini tarbiyalash, ularning manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish, bilimli, sog‘lom va barkamol voyaga yetishlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu ishlardir.

Ma’lumotni ulashing: