Yangiliklar

“Yoshlar” uylarini birga quramiz!

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2018-yildan boshlab yangilangan loyihalar asosida zamonaviy talablarga to‘la javob beruvchi “Yoshlar” uylarini qurish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitekqurilish” qo‘mitasi hamda “Toshuyjoyliti” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda “Yoshlar” uylarining yangi loyihasini ishlab chiqmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda hamda yoshlaruyi.uz sayti orqali “Yoshlar” uylarning loyihalarini muhokama qilishni rejalashtirilgan. Ushbu aksiyada faol ishtirok etishga barcha yosh oilalarni hamda yoshlarni chorlab qolamiz.

Buning uchun sizdan quyidagi savollarga javob berishingiz kifoya.

1. 2 xonalik uylarning umumiy maydoni qancha bo‘lishini xohlaysiz?

(Avvalgi loyihada 47m2, yangi ishlab chiqilgan loyihada 60m2)

2. 3 xonalik uylarning umumiy maydoni qancha bo‘lishini xohlaysiz?
(Avvalgi loyihada 57m2, yangi ishlab chiqilgan loyihada 72m2)

Fikrlaringizni  O‘zbekiston yoshlar ittifoqining feysbukdagi rasmiy sahifasi hamda info@yoshlaruyi.uz elektron manzili orqali bildirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 7 qavatlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida 4 qavatlik, tumanlar va chekka qishloqlarda 2 qavatlik uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Unutmang, ertaga bu uyda Siz yashaysiz! 

Taklifingiz o‘zingiz uchun ham muhim!

Ma’lumotni ulashing: