Yangiliklar

“Yoshlar” uylarining 2018-2021 yillar uchun qurilishi mo‘ljallangan uy-joylar rejasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-sentyabrda 753-sonli “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bilan ta’minlashda qo‘llab quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorda  qayd etilganidek,  dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berishning quyidagi shartlari belgilangan:

- shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun ­– 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;

- qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun – 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keying davrda O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining qayta moliyalalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagi miqdorni tashkil etadi;

ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3xonali) uylar va 2, 3 onali bir qavatli uylar uchun – 15 foiz;

ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun – 25 foiz.

Quyida 2018-2021 yillarda qurilishi mo‘ljallangan “Yoshlar”  uylarining rejasi keltirilgan.

Ma’lumotni ulashing: