Yangiliklar

Chinozda 4 nafar yosh oilalarga “Yoshlar” uylarining kalitlari topshirildi

2019-yil 28-iyun kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumanida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiadalar, musobaqalarda faol qatnashayotgan 4 nafar yosh oilalarga “Yoshlar” uylari  berildi.

Chinoz tumanida yosh oilalar uchun barpo etilgan “Yoshlar” uylarini topshirish marosimida tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor samarasi aholi farovonligi va turmush madaniyatini yuksaltirishdek ezgu ishlarda namoyon bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

Barcha qulayliklarga ega bu turar joylarning imtiyozli kredit asosida, boshlang‘ich to‘lovlarsiz berilayotgani yosh oilalar uchun katta imkoniyatdir.

Ma’lumotni ulashing: