Yangiliklar

Kattaqoʻrgʻon tumanida 16 nafar yosh oilaga “Yoshlar” uylari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Kattaqoʻrgʻon tumanida 16 nafar yosh oilaga yangi qurib bitkazilgan“Yoshlar” uylarining kalitlari tantanali topshirildi.

Yoshlar uyini topshirish tadbirlarida tuman hokimi Aʼzamxon Bahromov ishtirok etdi va zamonaviy, qulay shart-sharoitlarga ega uylarga koʻchib kelayotgan yosh oilalarni qutladi.

Foydalanishga topshirilgan koʻp qavatli uyning birinchi qavatida 56 oʻringa moʻljallab bunyod etilgan bolalar bogʻchasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi.

– Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida biz, yoshlarga berilayotgan yuksak eʼtibordan behad xursandmiz. Bugun men ham boshqa tengdoshlarim qatori yangi qurib bitkazilgan xonadonlardan birining sohibi boʻldim. Turmush oʻrtogʻim va ikki farzandim bilan birga yangi uyni qabul qilib oldik. Shinam, keng, koʻrkam uy bizga juda yoqdi. Barcha tashkilotchilardan minnatdormiz, – deydi “Lizingtexnikaservis” MChJ Samarqand viloyat filiali xodimi Bunyodjon Roʻziyev.

Mazkur uylar barcha talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lib, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, telefon aloqasi hamda elektr energiyasi bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlangan.

Ma’lumotni ulashing: