Yangiliklar

“Yoshlar oyligi” doirasida Amudaryo tumanidagi yosh oilalarga “Yoshlar” uylari topshirildi

“Yoshlar oyligi” doirasida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabr kungi 250-sonli qaroriga muvofiq, Amudaryo tumanida qurilib bitkazilgan, koʻp qavatli turar joylardan 3 nafar yosh oilaga “Yoshlar” uylarining kalitlari tantanali topshirildi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurorning birinchi oʻrinbosari Tadjiyev Erkabay Aminovich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻistondagi “Xalq qabulxonasi” rahbari Xalimov Xakimbay Ashirovich, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ibragimova Zuxra Ametovna, tuman hokimi Yoʻldashev Sultonboy Rajapboyevich hamda faol yoshlar va OAV vakillari qatnashdi.

Muxtasar qilib aytganda, yurtimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, bularning barchasi ozod yurtimizning navqiron avlodlarini tarbiyalash, ularning manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish, bilimli, sog‘lom va barkamol voyaga yetishlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu ishlardir.

Ma’lumotni ulashing: